Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 35

Biz onlaynmiz — hozir javob beramiz

Du –Ju 9:00–19:00

Soliq nazorati tadbirlarini videotasvirga olish tartibi belgilandi

2026-yil 9-apreldagi 154-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, shuningdek, ayrim qarorlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Ushbu qarorga asosan, 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarorga qo‘shimchalar kiritilib, “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirlarini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi.

Qanday holatlarda videotasvirga olinadi?
Mazkur Nizomga ko‘ra, soliq nazorati tadbirlari soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilingan buyruq asosida videotasvirga olinadi.

Quyidagi holatlar majburiy tartibda videoga yozib olinadi:
• soliq solish obyektlarini hisobga olish jarayoni;
• xronometraj kuzatuvlari;
• xodimlar sonini tekshirish (amaldagi va hisobotdagi ma’lumotlarni solishtirish);
• nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallaridan foydalanish;
• savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi;
• boshqa nazorat tadbirlari.

Tadbir o‘tkazish tartibi
• Nizomga muvofiq, nazorat tadbirlari soliq to‘lovchining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaydigan va unga zarar yetkazmaydigan tarzda amalga oshirilishi shart.

Dalolatnoma rasmiylashtirish
Nazorat tadbiri yakunida tuziladigan dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
• videotasvirga olishda foydalanilgan qurilmaning rusumi va seriya raqami;
• videoga olingan jarayon va holatlar haqidagi ma’lumotlar.

Formani to'ldiring va biz tez orada Siz bilan bog'lanamiz
×